Putin Rossiya armiyasiga 1,4 millionga yaqin dron yetkazib berilishini aytdi  

Olam

image

Birgina 2023 yilda Rossiya Qurolli kuchlari har xil turdagi taxminan 140 ming dron oldi va 2024 yilda ularni ishlab chiqarishni 10 baravar oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 19 sentyabr kuni maxsus maqsadlar uchun uchuvchisiz uchish tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha Harbiy-sanoat komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Jami 2023 yilda Qurolli kuchlarga 140 mingga yaqin turli rusumdagi uchuvchisiz transport vositalari yetkazib berildi. Joriy yilda dronlarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada, aniqrog‘i, qariyb 10 barobar oshirish rejalashtirilgan”, deydi Putin.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchisiz tizimlar liniyasi kengaymoqda va uchuvchisiz katerlar, shuningdek, ko‘p maqsadli foydalanish uchun robot platformalar yaratilmoqda. Ularning aksariyati jangovar aloqa chizig‘ida joylashgan qo‘shinlarga yuboriladi.

“Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, biz qurolli kuchlarning ehtiyojlarini to‘liq qondirishimiz, buning uchun uchuvchisiz transport vositalari ishlab chiqarishni izchil oshirish, ularning taktik-texnik xususiyatlarini yaxshilash (shu jumladan, men allaqachon aytib o‘tgan sun’iy intellekt elementlarini faol joriy etish), jangovar tajribani hisobga olgan holda doimiy modernizatsiya qilishimiz zarur”, deydi Vladimir Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made