Putin Rossiya hech kimda yo‘q qurol ustida ishlayotganini aytdi

Olam

image

Rossiya bugungi kunda boshqa davlatlarda bo‘lmagan gipertovushli qurollarga qarshi vositalar ustida ish olib boryapti. Bu haqda kecha, 17 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Prezident AQSH yuqori aniqlikda tezkor zarba beradigan va markazdan boshqarish imkoniyati bo‘lgan qurol konsepsiyasini ishlab chiqqanini eslatib o‘tgan.

“Yuqori aniqlikdagi qurol bor, gipertovushlisi hozircha yo‘q. Albatta, ishlab chiqishadi, bu mutlaqo aniq, avval aytganimdek, biz o‘sha vaqtga tayyorlanyapmiz. Hozir siz so‘radingiz, biz nima ustida ishlayapmiz. Biz boshqa davlatlarda, boshqa yetakchi armiyalarda paydo bo‘ladigan gipertovushli qurollarga “ziddi zahar” ustida ish olib boryapmiz. Ishonchim komilki, buni uddalaymiz, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz”, degan Putin.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari harbiy havo mudofaasi boshlig‘i general-leytenant Aleksandr Leonov S-300 zenit-raketa majmuasi harbiy-texnik tajribalar paytida gipertovushli qurollarni yo‘q qilish qobiliyatini ko‘rsatgani haqida xabar bergan.

Qayd etilishicha, yangi S-500 zenit-raketa majmuasi ham gipertovuli qurollarni to‘xtatish uchun mo‘ljallanyapti. Bu majmua 2021 yilda yakunlanishi kerak. Hozirda sinovlardan o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

435

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing