Putin Rahmonga Qobiljonning o‘ldirilishi ortidan hamdardlik bildirdi (video)
Olam
−
20:11 2257 3 daqiqa
Bugun, 22 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga tojikistonlik maktab o‘quvchisining o‘ldirilishi ortidan hamdardlik bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Vladimir Putin Imomali Rahmonga tojikistonlik maktab o‘quvchisining halok bo‘lishi bo‘yicha aybdorlar albatta jazolanishini va’da qilgan va halok bo‘lgan o‘quvchining oilasiga hamdardlik bildirgan.
“Bu jinoyat meni shunchaki larzaga soldi. Aytdim-ku, bunday turdagi jinoyatlar umuman aqlga sig‘maydi, ammo agar shunday terrorchilik harakatlari, ustiga-ustak bolalarga nisbatan sodir etilsa, bu alohida va juda og‘ir his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bolalarga qarshi terrorchilik harakatlarini sodir etish ayniqsa jirkanch jinoyatdir va hech qanday shubhasiz, tergov oxirigacha yetkaziladi hamda aybdorlar so‘zsiz to‘liq jazolanadi”, deydi Rossiya Prezidenti.
Imomali Rahmon esa Vladimir Putinga ushbu ish bo‘yicha olib borilayotgan tergov uchun minnatdorlik bildirgan.
“Albatta, men uchun bu voqea kutilmagan hol bo‘ldi. Hozirgi dunyoda bunday jinoyatchilar yetarli, biz juda murakkab davrda yashayapmiz. Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tomonidan puxta tergov olib borilayotgani uchun katta rahmat, aybdorlar qat’iy jazolanishi lozim”, deydi u Putin bilan uchrashuv chog‘ida.
Qobiljon fojiasi
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni ertalab 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi maktabga pichoq bilan bostirib kirdi. U avvaliga sinfxonalarga kirib, o‘zi uchun o‘lja qidirgan. Uni payqagan maktab qo‘riqchisiga qarata ko‘zni achishtiruvchi gaz purkagan va uni pichoqlagan. Shundan keyin u shu maktabning 4-sinf o‘quvchisi – tojikistonlik migrant oila bolasi Qobiljon Aliyevni pichoqlab o‘ldirgan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) va Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 105-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq odamni o‘ldirishga urinish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov qo‘mitasi hibsga olingan 15 yoshli o‘smir so‘roq paytida aybini tan olganini, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va tafsilotlarni ham bayon qilganini ma’lum qildi.
Hujumni uyushtirgan 15 yoshli Timofey K. ismli bola qo‘lga olingach, uning telefonidagi galereyada selfilar va halok bo‘lgan maktab o‘quvchisining surati aniqlangan. Shuningdek, o‘smir ekstremistik iqtiboslar va o‘ng radikal tashkilotlar nomlari bilan bezatilgan o‘z kaskasini ham suratga olgan. Xususan, kaskada “Sygaown” so‘zi yozilgan bo‘lib, bu 2022 yilda AQSHda sodir etilgan ommaviy otishmaga ishora hisoblanadi.
17 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Odinsovoning Gorki-2 qishlog‘idagi Uspenskiy o‘rta maktabida to‘rtinchi sinf o‘quvchisining o‘ldirilishini qoraladi. Vazirlik respublika fuqarosi bo‘lgan bolaning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham Tojikistonga va Moskva viloyatining Odinsovo shahridagi maktabda halok bo‘lgan bolaning oilasiga hamdardlik bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi fojianing barcha holatlarini aniqlash va tergov o‘tkazish uchun Moskvadagi Tojikiston elchixonasiga zudlik bilan yordam taklif qildi.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu Tojikiston Xavfsizlik Kengashi kotibi Yusuf Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, huquqni muhofaza qilish organlari jinoyat holatlarini xolis tekshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini bildirdi.
18 dekabr kuni ertalab Tojikistondagi uyiga olib kelindi va Shahrinav tumanidagi qabristonga, otasining qabri yoniga dafn etildi.
Keyinroq Qobiljonni qasddan o‘ldirishda ayblanayotgan o‘smir hibsga olindi.
Live
Barchasi