Putin Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tojikistonlik mavqedoshi Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Hammasi biz rejalashtirgandek ketyapti. Hamkasblar ishlayapti, hukumatlar ishlayapti, xavfsizlik masalalari hal qilinmoqda. Biz shunchaki uchrashib, hammasi ko‘ngildagidek ekanini tasdiqlashimiz kerak. Va yana bir bor sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklamoqchiman”, degan Putin suhbat avvalida.

O‘z navbatida, Imomali Rahmon Rossiya Tojikistonning muhim, strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini ta’kidlagan. 

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda ijobiy dinamikaga ega. Rossiya Tojikistonning yetakchi savdo sherigi bo‘lib qolmoqda, madaniy aloqalar kengaymoqda. Hozir men sizlar bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishga tayyorman”, degan Tojikiston rahbari.

Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakovning bildirishicha,  muhokama qilinadigan mavzular ko‘p. 

“Bular turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi vaziyat bilan bog‘liq mintaqaviy xavfsizlik, respublikadagi 201-harbiy bazaning faoliyat ko‘rsatishi masalalaridir”, degan Ushakov.

Eslatib o‘tamiz, Putin kecha, 12 oktyabr kuni Bishkekka kelgan edi. U allaqachon Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Vladimir Putin Qirg'iziston Bishkek Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing