Putin Prigojin isyonini bostirishda yordam bergan Prezidentlarga rahmat aytdi
Olam
−
05 iyul 2023
15908Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarga 24 iyun kuni mamlakatda isyon ko‘tarishga urinish paytida Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Vladimir Putin kecha, 4 iyul kuni SHHT sammitidagi onlayn formatdagi nutqi chog‘ida Rossiya tomoni tashkilotga a’zo davlatlarning pozitsiyasini yuqori baholashini va ular bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirish niyatida ekanini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, SHHTga a’zo bo‘lgan davlatlarning munosabatlari tobora ko‘p qirrali va mustahkam bo‘lib bormoqda.
Prigojinning bir kunlik isyoni
Joriy yilning 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini talab qilib, Moskvaga borishini e’lon qildi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli harakatlarni to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr