Putin prezidentlik paytida sud qilinmaydi – “Euronews”

Olam

image

G‘arb davlatlari Ukrainaga qarshi bosqinda aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ularning ro‘yxatini tuzmoqchi bo‘lgan Gaaga tribunali Vladimir Putin Rossiya Prezidenti bo‘lib qolar ekan, uni sirtdan sud qilmaydi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ushbu jarayondan xabardor ikki yevropalik rasmiyning nashrga ma’lum qilishicha, xuddi shu qoida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ham taalluqli bo‘ladi.

“Bu yuqori martabali amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortish faqat ayblanuvchilar sud zalida jismonan hozir bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi, bu Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini jinoyat sifatida tan olmasligi va G‘arb bilan hamkorlikka keskin qarshi ekanini hisobga olsak, bu dargumon”, deya yozadi nashr.

Shu bilan bir qatorda, sirtdan sud jarayoni Putin prezidentlik lavozimini tark etgandan keyingina o‘tkazilishi mumkin. Shartlar Yevropa Kengashi doirasida Strasburgda joylashgan inson huquqlari bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘ladigan kelishuv loyihasida bayon etilgan. Tashkilot Yevropa Ittifoqining bir qismi emas, lekin blok jarayonda faol ishtirok etmoqda.

Yevroittifoq vakilining ta’kidlashicha, sirtdan sud jarayonidagi cheklovlar mamlakatlar o‘rtasidagi murosada ko‘riladi. Kiyev kelishuvni imzolagach, matn tashkilotga kiruvchi 46 davlat vakillarini jamlagan Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida ovozga qo‘yiladi. Imzolash joriy yilning 9 may kuni Yevropa kuniga to‘g‘ri keladigan Kiyevda bo‘lib o‘tishi kerak, ammo aniq muddat siyosiy ma’qullashga bog‘liq bo‘ladi.

Shartnomani ratifikatsiya qilish uchun ko‘pchilikning uchdan ikki qismi talab qilinadi, bu tashabbus a’zo davlatlar o‘rtasida keng qo‘llab-quvvatlangani tufayli amalda kafolatlanadi.

Rossiyaga do‘stona munosabatda bo‘lgan ba’zi davlatlar, masalan, Vengriya va Serbiya betaraf qolishi yoki qarshi ovoz berishi mumkin, ammo individual vetolar qo‘yilmaydi.

Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya kabi qit’adan tashqaridagi demokratik davlatlar tashabbusga qo‘shilib, uning qonuniyligini oshirishi kutilmoqda.

Rossiya bilan yaqinlasha boshlagan AQSHning unda ishtirok etishi dargumon. Jo Bayden ma’muriyati davrida mamlakat Ukrainada adolat izlashni qo‘llab-quvvatlagan, biroq Donald Tramp inauguratsiyasidan keyin e’tibor o‘zgargan. Qo‘shma Shtatlar mart oyining oxirida yadro guruhi yig‘ilishida ishtirok etmadi. Trampning tinchlik kelishuviga intilishi sud jarayoniga qanday ta’sir qilishi noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

sud Putin Sergey Lavrov Mixail Mishustin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing