Lavrov To‘qayevning hududiy yaxlitlik borasidagi pozitsiyasiga qo‘shilmasligini aytdi
Olam
−
15 aprel
18981Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning davlatlar hududiy yaxlitligi masalasidagi fikriga qo‘shilmasligini aytdi. “Kommersant” muxbiri Andrey Kolesnikovning savoliga javoban so‘z ochdi.
Jurnalist To‘qayevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, agar davlatlar faqat millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda ish ko‘rsa, dunyoda 650 ga yaqin mintaqaviy mojarolar kelib chiqishini aytdi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri esa bu boradagi pozitsiyasini tushuntirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTga a’zo bo‘lgan davlatlar Nizomning faqat yaxlitlik huquqini emas, balki butunligicha hurmat qilishi kerak.
Lavrov hududiy yaxlitlik hukumatlari ma’lum bir hududda yashovchi barcha xalqlar vakili bo‘lgan davlatlar tomonidan hurmat qilinishini ta’kidladi.
“Hech bir mustamlakachi davlat mustamlakachilar qo‘lga kiritgan bu hududda yashovchi barcha xalqni ifodalagan emas! Bu isbot talab qilmaydi! Na Parij, na Lissabon, na Madrid va na London vakil bo‘lgan... Shuning uchun dekolonizatsiya jarayoni BMT Nizomiga to‘liq mos ravishda amalga oshirildi”, dedi Sergey Lavrov.
Ma’lumot uchun, To‘qayev Ostona xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga sodiqligi haqida bir necha bor gapirgan. 2022 yil yozida u shu sababdan Qozog‘iston Tayvan, Kosovo, Janubiy Osetiya yoki Abxaziyani tan olmasligini aytgandi va tan olinmagan DXR va LXRni “kvazi-davlat hududlari” deb atagan.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Donbass, shuningdek, Zaporije va Xerson viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish masalasida ham xuddi shunday tamoyilga amal qiladi.
LiveBarchasi