Putin postsovet makonidagi AQSH laboratoriyalarining maqsadini aytdi
Olam
−
16 may 2022
15883Amerika Qo‘shma Shtatlarining postsovet hududidagi biolaboratoriyalarining maqsadi biologik materiallar to‘plash va viruslarning tarqalish xususiyatlarini o‘rganishdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 may kuni bo‘lib o‘tgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining sammitida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiya uzoq vaqtdan beri AQSHning postsovet hududidagi harbiy biologik faolligi haqida ogohlantirib kelgan.
“Biz uzoq vaqtdan beri AQSHning postsovet hududidagi harbiy biologik faolligi haqida ogohlantirib kelganmiz. Ma’lumki, Pentagon bizning umumiy mintaqamizda o‘nlab ixtisoslashtirilgan biologik laboratoriya va markazlarni tashkil etgan. Va ular o‘z faoliyatini boshlagan mamlakatlar aholisiga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi. Ularning asosiy vazifasi biologik materiallarni to‘plash va o‘z maqsadlari uchun viruslar hamda xavfli kasalliklar tarqalish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat”, deydi u.
Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning 14 ta aholi punktida 30 ta biologik laboratoriya belgilangan xaritani ko‘rsatdi. Agentlik ular to‘liq miqyosdagi harbiy biologik tadbirlarda qatnashgan deb taxmin qilmoqda.
LiveBarchasi