Putin MDHni KXSHT kuzatuvchisiga aylantirmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) yubiley sammiti chog‘ida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) harbiy birlashmada kuzatuvchi maqomi berishni taklif qildi.

“Biz Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi tabiiy hamkorlarimiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Aytgancha, bizning fikrimizcha, MDHga KXSHTda kuzatuvchi maqomi berilishi o‘rinli va to‘g‘ri bo‘lardi – buni muhokama qilishimiz kerak”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin KXSHT yaqin yillarda kengayishini, unga ko‘plab davlatlar qo‘lishini aytgandi.

“O‘ylaymanki, tashkilot kengayadi. Tez orada dunyo tartibi qanday o‘zgarishini ko‘ramiz, lekin KXSHT o‘zining jangovar tayyorgarligini, tinchliksevarligini ko‘rsatdi va menimcha, bir necha yildan keyin u oltita davlat bo‘lmaydi. Bu tajovuzkorlik va boshqa davlatlarning siyosiy tizimini o‘zgartirishni emas, balki tinchlik va barqarorlikni qadrlaydigan o‘nlab davlatlar bo‘ladi”, degan Mudofaa vazirligi rahbari.

KXSHT qanday tashkilot?

KXSHTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing