O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi noxush voqea yuzasidan muzokara o‘tkazildi

Olam

image

Kecha, 31 may kuni Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi, polkovnik Ularbek Sharsheyev va O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari - DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kabar” xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi noxush hodisa yuz bergan hududga chiqishgan.

Tomonlan Qirg‘iziston - O‘zbekiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgan. Chegaraoldi vakolat apparatlari rahbarlari ishtirokida hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, birgalikda surishtiruv o‘tkazish haqida kelishib olindi.

Qayd etilishicha, surishtiruv ishlari natijalariga ko‘ra aybdor shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Avvalroq, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon tumani Toguz-Buloq aholi punktida qurolli hodisa sodir bo‘lganini xabar qilgandik.

Chegara naryadi chegara yaqinida O‘zbekistonning ikkita avtomashinasini aniqlagan. Haydovchilar chegarachilarning to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirishgani iddao etildi. Chegara naryadi havoga qarata ogohlantirish o‘qi uzgan. Biroq, mashinalar to‘xtamagan va Qirg‘iziston naryadi qurol qo‘llagan. Avtomobil g‘ildiraklariga qarata o‘t ochilgan, natijada O‘zbekiston fuqarosi yaralangan. U O‘zbekistonning Marhamat tumani kasalxonasiga olib ketilgan.

Ikki davlat chegara idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari tomonidan o‘rnatilgan tinchlik va osoyishtalikka asoslangan kursga to‘la amal qilishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing