Putin Pezeshkiyonga ham Tramp bilan uchrashuvi haqida gapirib berdi

Olam

image

Bugun, 25 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Alyaskada bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy natijalari haqida gapirib berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Mas’ud Pezeshkiyon Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini, shuningdek, Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolar va Janubiy Kavkazdagi voqealarni muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 avgust kuni AQSHning Alyaska shtatida Tramp va Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16 avgust kuni soat 04:25 da yakunlandi. Alyaskada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Tramp va Putin birgalikdagi brifing o‘tkazdi.

Brifingdan oldin Putin va Tramp “uchga-uch” formatida taxminan 2 soat 45 daqiqa davom etgan muzokaralar o‘tkazdi. Tramp ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi, biroq Ukraina masalasida hali bitim yo‘qligini qayd etdi. Putin esa muzokaralarni foydali deb atab, Rossiya Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha ishlashga tayyorligini bildirdi. Davlat rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob bermadi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va 18 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon hamda Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov, Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan bilan telefon orqali muloqot qilib, Alyaskadagi Rossiya-Amerika sammiti natijalari haqida axborot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing