Putin Pashinyan bilan Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
05 iyul 2023
2724Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyat, jumladan, Lochin yo‘lagi bo‘ylab to‘siqsiz transport aloqalarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida 2020-2022 yillarda Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning butun majmuasini izchil amalga oshirishning prinsipial ahamiyati haqida so‘z borgan.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, shuningdek, Rossiya tomoni Armaniston-Ozarbayjon tinchlik shartnomasini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqlagan.
Muloqotda turli darajadagi aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, 29 iyun kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Arorat Mirzoyan o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bir necha hafta ichida Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda, unda tomonlar yaqin haftalar va oylarda yakuniy kelishuvga erishishga intiladi.
LiveBarchasi