Putin ozar-arman chegarasidagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Olam

image

Bugun, 16 sentyabr kuni Samarqandda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati, ularni rivojlantirish istiqbollari va Armaniston bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qildilar. Putin chegardagi vaziyat hamon keskinligicha qolayotganidan xavotir bildirgan.  

Rossiya rahbari Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatning keskinlashuviga to‘xtalib, shunday deydi.  

“Biz siz bilan bu haqda gaplashdik. Kecha men Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan gaplashdim, siz bu haqda bilasiz, sizga bu haqda xabar bergan edim. Nihoyat, kelishilgan sa’y-harakatlar natijasida keskinlashuv to‘xtatilgani yaxshi, lekin men tushunganimdek, vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda”, deydi Putin. 

Prezident Aliyev Putinga Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan. 

Aliyev Baku Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan uch tomonlama hujjatlarga sodiq ekanini ta’kidlagan.

“Armaniston-Ozarbayjon chegarasi zonasidagi keskinlashuvga zudlik bilan javob berganingiz uchun sizga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. To‘qnashuvlar 8 soatdan kam davom etdi va ularning to‘xtagani – garchi arman tomoni o‘t ochishni to‘xtatishni darhol amalga oshirishni boshlamagan bo‘lsa-da, lekin, umuman olganda, sulh taxminan ikki kundan beri kuzatilmoqda. Chegara to‘qnashuvlari sodir bo‘lib turadi. Lekin asosiysi, biz vaziyatni barqarorlashtirishga,  tinch sharoitga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik”, degan Aliyev.  

Aliyev mintaqadagi vaziyatdan boxabarligi, unga oydin ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kundan buyon vaziyat barqarorligini aytgan Uning qayd etishicha, oldindagi asosiy vazifa – munosabatlarni normallashtirishning boshlang‘ich jarayonini yo‘q qilish emas, balki shu yo‘nalishda harakat qilishdir. 

“Biz Rossiyaning bunga qaratilgan sa’y-harakatlarini, jumladan, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston Bosh vazirlarining transport kommunikatsiyalari bo‘yicha o‘rinbosarlari darajasidagi uch tomonlama komissiya doirasida delimitatsiya jarayoni doirasidagi sa’y-harakatlarini, shuningdek, tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlash rejalarini olqishlaymiz”, degan Aliyev. 

Aliyev so‘zi so‘ngida, Ozarbayjon Ikkinchi Qorabog‘ urushidan keyin Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan uch tomonlama hujjatlarga sodiqligi va Kavkazdagi vaziyat barqaror bo‘lishi uchun hamma narsani qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 sentyabriga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari mamlakatning aholi punktlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Bakuning qayd etishicha, bu Yerevanning "provokatsiyalari"ga javobdir. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berdi, biroq Armaniston o‘q uzish davom etayotganiga ishora qilmoqda. 

To‘qnashuvlarda avvaliga Ozarbayjon tomonidan 77 nafar, Armanistondan 105 nafar harbiy halok bo‘lgani aytildi. 

Armaniston Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, unda Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, KXSHT va BMT Xavfsizlik Kengashi qoidalaridan foydalanish uchun Rossiyadan yordam so‘rashga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing