Amerikalik askar Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirdi

Olam

image

Janubiy Koreyada AQSH harbiy xizmatchisi koronavirus kasalligini yuqtirib oldi. Bu haqda bugun, 26 fevral kuni "Reuters" agentligi xabar qildi.

AQSH harbiylari koronavirus bilan kasallangan safdoshlari haqida bugun, 26 fevral kuni Janubiy Korea Sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar berishgan. Harbiylar Dayegudan 20 km uzoqlikdagi Kemp Kerol harbiy bazasida bo‘lib, harbiy baza nogironlar uyiga yaqin joylashgan. Nogironlik uyi esa Janubiy Koreadagi koronavirus tarqalgan dastlabki joylardan biri hisoblanadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari bayonotiga ko‘ra, askar 23 yoshda va hozir u harbiy baza yaqinidagi uyida karantinga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 81 270 nafarga yetdi. Ularning 78 mingdan ziyodrog‘i Xitoyda aniqlangan.

Yangi koronavirusdan davolanganlar soni 30 283 nafarni tashkil qilyapti. 8839 nafar odamning ahvoli hamon og‘irligicha qolmoqda.

Koronavirus qurbonlari soni 2771 nafarga yetdi. Qurbonlar kechagiga nisbatan 53 kishiga ko‘paydi.

Ammo virus yangi-yangi chegaralarni zabt etishdan to‘xtamayapti. Xususan, Italiya Yevropada koronavirusning o‘chog‘iga aylandi. U yerda koronaviursga chalinganlar 323 nafarga, qurbonlar 11 nafarga yetdi. Italiyadan keyin virus bilan kasallanganlar Shveysariya, Avstriya, Xorvatiya, Jazoirda aniqlandi. Virus Lotin Amerikasiga kirib bordi. Mintaqadagi eng yirik davlat Braziliyada koronavirus bilan kasallanish qayd etildi.

Shuningdek, Janubiy Koreyada virus tarqalishi avj olyapti. Bu yerda 2019-nCoV`ga chalinganlar soni 1261 nafarga, qurbonlar esa 12 nafarga yetdi.

Fransiya esa koronavirusni to‘liq bartaraf etganini e’lon qildi. Mamlakatda virusga chalingan 14 kishi davolanib, uyiga javob berildi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya Koronavirus

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing