Putin nimani kutmoqda?

Olam

image

Ukraina Prezidenti ma’muriyati rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak o‘z Twitter sahifasida Putinning urushdagi maqsadlari, nimani kutayotgani, nimalarni reja qilgani haqida yozdi

Podolyakka ko‘ra, Putin urushning cho‘zilishi va Ukrainadagi vaziyatning ichki beqarorlashuviga umid qilmoqda. U harbiy mojaroni sun’iy ravishda cho‘zish orqali Ukraina harbiylari va tinch aholini charchatishni maqsad qilgan. Podolyak Putin Ukrainaning g‘arbdagi ittifoqchilarining iqtisodiy tizimi qulashi va inqiroz davriga kirishini kutayotganini ta’kidlagan.

“Rossiya rahbari shu tariqa Ukrainaning xorijiy ko‘makka bog‘liq bo‘lgan mudofaa qobiliyatini susaytirishga umid qilmoqda. Rossiya Ukrainaning taslim bo‘lishiga ichki qarama-qarshiliklarni kuchaytirish orqali erishish mumkinligiga ishonmoqda. Shu maqsadda Rossiya dunyoning turli mamlakatlarida “urushga qarshi” manipulyativ harakatlarni tashkil qilmoqda. Ularda Ukraina kuchlari tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik evaziga bosib olingan hududlarni Rossiyaga topshirishdan iborat bo‘lgan shiorlar yangramoqda”, deydi Mixail Podolyak.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing