Putin nega koronavirusga qarshi emlanmayapti?

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksina sinovida ko‘ngilli sifatida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

U shuningdek, mamlakatda aholini ommaviy ravishda vaksinalash hali boshlanmaganini qo‘shimcha qilgan.

“Bizda keng ko‘lamli vaksinalash boshlanganicha yo‘q va davlat rahbari, albatta, ko‘ngilli sifatida unda qatnasha olmaydi. U davlat rahbari sifatida vaksinatsiyada ishtirok eta olmaydi – bu mumkin emas”, degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada hozirgacha ikkita vaksina rasman ro‘yxatda o‘tkazilgan. “Sputnik V” vaksinasi 11 avgustda, “EpiVakKorona” preparati esa 14 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing