Putin Nazarboyevga sog‘ayib ketishini tiladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yuragi operatsiya qilingan Qozog‘istonning sobiq rahbari Nursulton Nazarboyevning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.

“Prezident Nursulton Abishevichga o‘tkazilgan operatsiya munosabati bilan tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi. Biz ham uning tezroq tuzalib ketishini tilaymiz”, deydi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 yanvar kuni Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev shifoxonaga yotqizilgan edi. Uning yuragi operatsiya qilindi va jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi.

Nursulton Nazarboyev 2019 yil mart oyida Qozog‘iston Prezidenti lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan edi. Shundan so‘ng Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh-qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi.

Oradan deyarli 3 yil o‘tib, joriy yilning 12 yanvar kuni Nursulton Nazarboyevga ilgari berilgan faxriy senator maqomi parlament reglamentidan olib tashlandi. 13 yanvar kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari palatalarning qo‘shma majlisida “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qildi. Shunday qilib, Nazarboyev Elboshi unvonidan va alohida huquqlaridan mosuvo qilindi.

17 yanvar kuni esa Qozog‘iston hukumati madaniyat sohasida beriladigan davlat stipendiyasi nomidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomini olib tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Nazarboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing