Putin Mujtabo Xomanaiyni tabrikladi
Olam
−
09 mart 9091 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eronning yangi Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiyga uning saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Hozir, Eron qurolli tajovuzga qarshi turayotgan bir paytda, ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz shubhasiz katta jasorat va fidoyilikni talab qiladi. Ishonchim komilki, siz otangizning ishini sharaf bilan davom ettirasiz va Eron xalqini og‘ir sinovlar qarshisida jipslashtirasiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Putin Tehronni “qo‘llab-quvvatlashi” va “eronlik do‘stlar bilan birdamligini” bildirgan.
“Rossiya Islom Respublikasining ishonchli sherigi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi”, deyiladi tabrikda.
Ma’lumot uchun, 56 yoshli Sayyid Mujtabo Xomanaiy — Eronning marhum Oliy rahbari Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li.
Eslatib o‘tamiz, Ali Xomanaiy 28 fevral kuni Isroil va AQSHning Eronga qarshi qo‘shma operatsiyasi davomida Isroil aviazarbasi oqibatida o‘ldirilgan edi. Bugun, 9 mart kuni Eron nashrlari Mujtabo Xomanaiy yangi oliy rahbar bo‘lganini e’lon qildi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi unga sodiqlik qasamini ichdi, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon esa Mujtabo Xomanaiyning tayinlanishini “islom millatining milliy birlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishi ifodasi” deb atadi.
Live
Barchasi