Putin Modi bilan ham gaplashdi

Olam

image

Bugun, 8 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Modi o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.

Tomonlar Ukrainadagi so‘nggi voqealar va Rossiya-Hindiston hamkorligining rivojlanishini muhokama qilgan. 

“Men do‘stim Putin bilan juda yaxshi va batafsil suhbatlashdim. U menga Ukrainadagi so‘nggi voqealar bilan o‘rtoqlashgani uchun unga minnatdorlik bildirdim. Shuningdek, biz ikki tomonlama kun tartibimizdagi yutuqlarni ham ko‘rib chiqdik”, deya yozgan u. 

Hindiston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi “maxsus va imtiyozli strategik hamkorlik”ni yanada chuqurlashtirishga sodiqligini tasdiqlagan. Modi, shuningdek, joriy yilda Putinni Hindistonda qabul qilish imkoniyatini intiqlik bilan kutayotganini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri so‘nggi marta 2025 yilning may oyida, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar arafasida telefon orqali muloqot qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bugun, 8 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Prezidentlar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqqan. Rossiya Prezidenti 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Hindiston Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing