Putin Misr Prezidenti bilan G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image
Putin Kremlda Raisiy bilan besh soat nimani gaplashdi? north_east

Putin Kremlda Raisiy bilan besh soat nimani gaplashdi?

Bugun, 9 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin yaqinda Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni Podshohligiga qilgan safari, shuningdek, Moskvada Eron Islom Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.

Bundan tashqari, Rossiya-Misr hamkorligi masalalari muhokama qilingan va uni strategik sheriklik tamoyillari asosida an’anaviy do‘stona tarzda turli sohalarda yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini bildirilgan.

Rossiya Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga Rossiya fuqarolari va ularning oila a’zolarini evakuatsiya qilish, shuningdek, Rossiyadan G‘azo sektoriga gumanitar yuklarni yetkazib berishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirib, shu kunlarda Misrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyat tilagan.

As-Sisining matbuot kotibi Ahmad Fahmiy esa yetakchilar telefon muloqoti chog‘ida keskin siyosiy va gumanitar vaziyatdan kelib chiqib, mintaqaviy vaziyat, asosan, G‘azo sektori va Falastindagi holatni muhokama qilinganini bildirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar Misrning G‘azo aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan eng katta miqdordagi insonparvarlik yordamini mintaqaga yetkazish borasida suhbatlashgan. Prezidentlar tinch aholini himoya qilish va Falastin anklavidagi gumanitar vaziyat yanada yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida gapirgan.

“As-Sisi va Putin sektorda o‘t ochishni to‘xtatishga harakat qilish va xalqaro hamjamiyat ushbu maqsadga erishish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishiga kelishib oldi”, deydi Misr Prezidentining matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, Isroilning HAMAS bilan urushi 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. 22 noyabr kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir qarorga keldi va bu kelishuv bir necha bor uzaytirildi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi G‘azoda operatsiyani qayta boshladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azo sektorida Isroilning hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 17 177 kishiga yetgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Misr Falastin G'azo Abdulfattoh as-Sisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made