Putin Mirziyoyevni tabrikladi
Jamiyat
−
24 iyul 2020
9128O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.
Liderlar o‘tgan oyda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.
Avvalroq, Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni tabriklagandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Prezidenti 63 yoshni qarshi oldi.