Putin Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 sentyabr kuni Samarqandda Rossif Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi va muzokaralar o‘tkazdi. 

Mirziyoyev Putinni Samarqanddagi Kongress markazi ostonasida qarshi olgan. Ular tik turib qisqacha suhbatlashgan, shundan so‘ng ular Kongress markaziga kirib, norasmiy suhbatni shu yerda davom ettirishdi. Rasmiy uchrashuv boshlanishidan oldin Prezidentlar protokol suratga tushgan. 

Kutilganidek, yetakchilar savdo-iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratgan holda Moskva va Toshkent munosabatlarining keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilgan. Natijada Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan. 

Uchrashuvda Putin o‘z hamkasbiga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun mukofotlangan "Aleksandr Nevskiy" ordenini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan 2022 yilning 23 iyul kuni mukofotlagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Nevskiy ordeni

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing