Putin migrantlar uchun bojlarni oshirdi
Olam
−
31 iyul 10062 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 31 iyul kuni yangi davlat bojxona to‘lovlarini joriy etish va mavjudlarini oshirish haqidagi qonunni imzoladi. Qonun matni normativ hujjatlar portaliga joylandi.
Unga ko‘ra, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab haydovchilik guvohnomasi narxi 2-3 ming rubl o‘rniga 4-6 ming rubl bo‘ladi, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish esa 2 ming rubl o‘rniga 3 ming rublga tushadi. Transport vositasi pasportini (PTS) olish uchun to‘lov 800 rubl o‘rniga 1,2 ming rubl etib belgilangan. Xalqaro haydovchilik guvohnomasi uchun to‘lov esa 1,6 ming rubl o‘rniga 3,2 ming rubl bo‘ladi.
Shuningdek, hujjatda migrantlarni vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun 500 rubl miqdorida davlat boji joriy etilishi belgilangan. Migrantlarga patent berish yoki uni qayta rasmiylashtirish bo‘yicha to‘lov esa 4,2 ming rublni tashkil etadi. Xorijliklarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun boj 430 rubl o‘rniga ming rublgacha oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasi deputatlari migrantlarning xorijga yuboradigan pul mablag‘lariga cheklov qo‘yishni taklif qilgandi.
Live
Barchasi