Putin meni qayta saylanishimni xohlamayapti – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp navbatdagi saylovlardagi g‘alabasini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xohlamasligiga ishonadi. Bu haqda Oq uy rahbari jurnalist Sheril Atkisson bilan suhbatda aytib o‘tdi.

“U menga yoqadi, lekin menimcha, u mening saylovda g‘alaba qozonishimni xohlamaydi“, deydi Tramp.

Shuningdek, Tramp Xitoy ham uning g‘alabasini xohlamasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, Tramp bir necha bor “Men kabi Rossiyaga nisbatan hech kim qattiqqo‘l bo‘lmagan“ degan edi. U bunday gaplarni saylovlarga Rossiya aralashgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan vaqtlarda aytgan. Rossiya esa saylovga aralashish ayblovini rad etib keladi.

Eslatib o‘tamiz AQSHda Prezident saylovlari 2020 yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Trampning saylovdagi raqibi sobiq vitse-prezident Jo Bayden hisoblanadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp AQSh prezidentlik saylovi

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing