Putin Myedvedevga yangi lavozimi uchun qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
31 yanvar 2020
14080Dmitriy Myedvedevning Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari sifatida ish haqi oyiga 618,7 ming rublni tashkil qiladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmonida keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, 2019 yil oxirida Myedvedevning Bosh vazir lavozimidagi oylik maoshi hozirgisi bilan bir xil edi (618,7 ming rubl).
2019 yil oktyabr oyida Putin o‘zi, Myedvedev va idora rahbarlari uchun ish haqini 4,3 foizga oshirgan. Xabarga ko‘ra, Bosh vazirning deklaratsiyasida ko‘rsatilgan yillik daromadi asosida ish haqi 825 ming rublni tashkil qiladi va indeksatsiyadan keyin u 35 ming rublga oshadi.
Shu bilan birga, hujjatga muvofiq mansabdor shaxslar deklaratsiyalarida aniq daromadini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni Rossiyada Hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqqandi. Shundan so‘ng, Vladimir Putin Myedvedevga Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimini taklif qilgandi, Lavozim joriy qilingach, sobiq Bosh vazir uni egalladi.
16 yanvar kuni Prezident Vladimir Putin tomonidan Federal soliq xizmatining amaldagi rahbari, tadbirkor Mixail Mishustin RF Bosh vaziri etib tayinlandi.
LiveBarchasi