Putin Medvedevga migrantlar bo‘yicha yangi vazifa yukladi
Olam
−
11 fevral 2022 16586 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining davlat migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan.
Yangi tuzilmani Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari boshqaradi, hozirda bu lavozimni Dmitriy Medvedev egallab turibdi.
Ta’kidlanishicha, komissiya migratsiya sohasida davlatning milliy xavfsizligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish manfaatlaridan kelib chiqqan holda migratsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan.
“Shuningdek, tuzilma migratsiya siyosati masalalari bo‘yicha turli hokimiyat va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi”, deyiladi farmon matnida.
Avvalroq, Rossiyada qurilish sohasida 1,5 milliondan 2 milliongacha xorijiy mehnat muhojiri yetishmasligi haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025