Putin MDH davlatlarini SSSRdagi aloqalarni saqlab qolishga chaqirdi

Olam

image

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tish bo‘yicha jadal harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 14 oktyabr kuni Ostonadagi MDH sammitida so‘z ochdi. 

“Import o‘rnini bosish, texnologik va moliyaviy suverenitetni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar faollashtirildi. Xususan, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda”, deydi u. 

Rossiya rahbari ta’kidlaganidek, bu “tashqi omillardan qat’i nazar, tovar birjalarini kengaytirish, o‘zaro investitsiyalarni amalga oshirish, o‘z kapital bozorimizni rivojlantirish va shu tariqa kontinental iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish” imkonini beradi. 

Putin Hamdo‘stlik tufayli SSSR mavjud bo‘lgan davrda rivojlangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar aloqalarni saqlab qolish va hattoki ayrim sohalarda oshirish mumkinligiga e’tibor qaratdi.  

“Sanksiya bosimiga qaramay, barchamiz yaxshi bilamiz, MDH davlatlari bilan iqtisodiy almashinuvlarimiz izchil kengayib borayotganini ham qayd etaman”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya Prezidenti. 

Uning ta’kidlashicha, 2021 yilda Rossiyaning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan savdosi 30 foizdan ko‘proqqa, 2022 yilning birinchi yarmida esa yana 7 foizga oshgan. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamlashtirish, innovatsiyalarni keng qo‘llash, ishlab chiqarilgan tabiiy resurslardan kompleks foydalanish bo‘yicha hamkorlikka o‘zaro manfaatdorlik ortib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin SSSR

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing