Putin Makron va Sholsni Kiyevga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Olam
−
12 mart 2022 14593 1 daqiqa
Rossiya va Fransiya Prezidentlari Vladimir Putin hamda Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Olaf Shols bugun, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Rossiyaning Ukraina bo‘yicha talablarini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan kelishuvlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiya Prezidenti so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasidagi video shaklda bo‘lib o‘tgan seriyali muzokaralar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shu munosabat bilan uch mamlakat rahbarlari Rossiyaning ochiqlangan talablarini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan kelishuvlar bilan bog‘liq ayrim masalalarni ko‘rib chiqdilar. Ukraina masalasi bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Kreml xabariga ko‘ra, Putin Makron va Sholsni Kiyevning tinch aholiga qarshi harakatlariga ta’sir o‘tkazishga chaqirganini ma’lum qildi. Xususan, Rossiya Prezidenti Ukraina xavfsizlik kuchlari xalqaro gumanitar huquq normalarini eng qo‘pol ravishda buzgani haqida ko‘plab faktlarni keltirgan.
“Vladimir Putin Emmanuel Makron va Olaf Sholsni bunday jinoiy harakatlarni to‘xtatishi uchun Kiyevga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi”, deyiladi xabarda.
Makron, Putin va Shols oxirgi marta 10 mart kuni telefon orqali gaplashganida, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari muhokama qilingandi.
Live
Barchasi