Putin Maxachqal’a voqealari ishtirokchilari ilhomni G‘arbdan olganini aytdi

Olam

image

Maxachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali, jumladan, Ukraina hududidan ham G‘arb razvedka xizmatlari qo‘lidan kelib chiqqan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 30 oktyabr kuni Dog‘istondagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi. 

“Kecha tunda Maxachqal’adagi voqealar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali, ayniqsa Ukraina hududidan, G‘arb razvedka xizmatlari agentlari tomonidan ilhomlantirilgan”, deydi u. 

Shu munosabat bilan Prezident “Tatlar va ularning oilalariga hujum qilishga urinib, Falastinga yordam berish mumkinmi?” degan savolni o‘rtaga tashlagan. 

“Aytgancha, tatlar Dog‘istondagi titulli xalqdir”, deydi Putin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastinga faqat fojia ortida turganlarga qarshi kurashda yordam berish mumkin. Prezident Rossiya “maxsus operatsiya” doirasida ularga qarshi kurashayotganini qo‘shimcha qildi.  

“Bu ularning o‘zlari uchun ham, haqiqiy, chinakam erkinlikka intilayotganlar uchun ham”, deydi davlat rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr Maxachqal’a aeroportida Tel-Avivdan muntazam reys kelishi munosabati bilan Yaqin Sharqdagi keskinlik avj olgan paytda ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Bir necha yuz kishi aerodrom va aeroport binosiga kirib, keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan majburan chiqarib yuborilgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 dan ortiq kishi, jumladan, politsiyachilar yaralangan, 83 kishi qo‘lga olingan. Dog‘iston hukumati va diniy yetakchilari voqeani qoralab, uni provokatsiya bilan bog‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Maxachqal'a voqealari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made