Putin Mahmud Abbos bilan G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda rasmiy Kreml xabar berdi.

Suhbat davomida Falastin-Isroil mojarosining, ayniqsa G‘azo sektorida misli ko‘rilmagan darajadagi buzg‘unchilikning avj olishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. 

Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan aloqalarni hisobga olgan holda, Putin Rossiya tomoni mojaroning keskinlashuvini yumshatish va muhtojlarga gumanitar yordamning uzluksiz yetkazilishini ta’minlash choralari haqida gapirgan. Jumladan, u Rossiya G‘azo sektoriga zarur mahsulotlar, jumladan, dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishda davom etishini qayd etgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari qon to‘kilishini tezroq tugatish va 1967 yil chegaralarida Falastin davlatini barpo etishni nazarda tutuvchi umume’tirof etilgan xalqaro-huquqiy asosda Yaqin Sharqni tartibga solish bo‘yicha siyosiy jarayonni qayta boshlash muhimligini ta’kidlagan. 

Suhbat yakunida Putin Falastin Prezidentini Rossiyaga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 dekabr kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Mahmud Abbos G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing