Putin Lenin haqida yaxshi fikrda emas...mi?

Olam

image

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har yili o‘tkaziladigan matbuot anjumanida Vladimir Leninning jasadini dafn qilishga qarshi chiqdi. 

Jurnalistlardan biri Putinga Leninning jasadini olib chiqiladimi, deb savol berdi.

Vladimir Putin esa Leninning jasadini dafn qilishga qarshi ekanligini ma’lum qildi. 

Prezident Leninni davlat arbobi emas, balki inqilobchi bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lenin bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ygan. Birinchidan, Sovet Ittifoqi tarkibidagi ba’zi respublikalar mahalliy xalqlari tuzumga moslasha olmagan. Ikkinchidan, Lenin davrida Kommunistik partiyani SSSR bilan bog‘langan va u qulaganidan keyin partiya ham parchalanib ketgan.

“Mavzoleydan Lenin jasadini olib chiqish masalasini ko‘tarish kerak emas. Qanday bo‘lmasin, bizda o‘z hayoti, taqdiri va o‘tmishdagi ma’lum yutuqlari bilan shundayligicha qolishi lozim. Sovet Ittifoqi jahon proletariatining dohiysi – Vladimir Ilich Lenin bilan bog‘liq”, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lenin

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing