Putin Kurskni Tramp inauguratsiyasi oldidan qaytarmoqchi
Olam
−
12 noyabr
6088Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2025 yil 20 yanvarda Donald Trampning AQSHning 47-prezidenti sifatida inauguratsiyasi oldidan bir qismi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Kursk viloyatini Rossiya nazoratiga qaytarmoqchi. Bu haqda Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi kecha, 11 noyabr kuni xabar berdi.
G‘arb diplomatlarining nazarida bunday qadam Moskvaga har qanday tinchlik muzokaralariga kuchliroq pozitsiya bilan kirishga imkon beradi. Rossiya armiyasi 6 avgustdan beri Ukraina qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududning qariyb yarmini nazoratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
“Yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasi chegara yaqinidagi yangi uchuvchisiz uchish maydonchalaridan foydalangan holda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Ukraina hududiga hujumlarni kuchaytirishi mumkin”, deya yozgan nashr.
O‘z navbatida, ukrainalik tahlilchilar Moskva Ukraina bilan chegaradosh hudud – Sumi viloyatiga yorib kirish uchun Kursk viloyatidagi qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilishini tan olmoqda.
Bir kun avval Amerikaning “The New York Times” gazetasi 50 ming kishilik Rossiya va Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk viloyatida qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozgandi. Janubiy Koreya, AQSH va Ukraina hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun KXDRdan Rossiyaga 8 mingdan 12 minggacha harbiy xizmatchi olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Washington Post” gazetasi joriy yilning 7 noyabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy telefon muloqoti o‘tkazdi va suhbat chog‘ida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi mavzusini ko‘targani haqida yozgandi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa gazeta tomonidan e’lon qilingan maqola matnida yolg‘on ma’lumot keltirilgani, Ukraina masalasida ikki davlat rahbari o‘rtasida hech qanday suhbat bo‘lmagani haqida bayonot berdi.
LiveBarchasi