Putin Kursk rahbarini almashtirdi
Olam
−
06 dekabr
6223Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Aleksandr Xinshteynni Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Viloyat rahbari bo‘lib ishlab kelayotgan Aleksey Smirnov esa kecha, 5 dekabr kuni kechqurun Telegram-kanalida “yangi xizmat joyiga” ko‘chib o‘tish haqida yozdi.
Smirnov gubernator bo‘lib bor-yo‘g‘i 80 kun ishladi. Smirnov 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan viloyat rahbari saylovida 65,28 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi.
RBKga ko‘ra, uni boshqa lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror Ukraina Qurolli kuchlarining Kurskka hujumi fonidagi tartibsiz harakatlar bilan bog‘liq.
Gubernator vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Xinshteyn “Yagona Rossiya” partiyasidan Davlat Dumasi deputati, axborot siyosati qo‘mitasi raisi hisoblanadi. 2016 yildan 2018 yilgacha u Rossiya Milliy gvardiyasi direktori maslahatchisi va Rossiya Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni lavozimlarida ishlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u mintaqa “iqtisodini tiklash” bilan shug‘ullanishi kerak.
Qayd etish joizki, noyabr oyida Kursk viloyati aholisi “qanday qilib yashashda davom etishlarini” tushunmasliklarini aytib, hukumatga qarshi miting o‘tkazgandi.
LiveBarchasi