Putin koronavirusga qarshi emlandi
Olam
−
24 mart 2021
6335Rossiya Prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda uning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Putin koronavirusga qarshi emlandi. O‘zini yaxshi his qilyapti. Ertaga unda to‘liq ish kuni", degan Peskov.
Avvalroq, Putin koronavirusga qarshi omma oldida emlanishdan bosh tortgandi. Peskov Prezident kamera qarshisida emlanishni istamasligini aytgandi. U Putin vaksina tashviqoti uchun busiz ham ko‘p ish qilayotganini ta’kidlagan.
Putin qaysi preparat bilan emlangan noma’lum. Kreml bu ma’lumotni oshkor qilishdan bosh tortgan.
LiveBarchasi