Putin Kiyevni “Turk oqimi” gaz quvurining uchastkalaridan birini buzishga urinishda aybladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainani “Turk oqimi” gaz quvurining uchastkalaridan birini buzishga urinishda aybladi. 

“Mamlakatimizning elektr energetika ob’ektlari va gaz transporti infratuzilmasiga qarshi bir qator terroristik xurujlar va shunga o‘xshash jinoyatlarga urinishlar, jumladan, "Turk oqimi" gaz uzatish tizimining uchastkalaridan biriga putur yetkazishga urinishlar sodir etilgan. Bularning barchasi ob’ektiv ma’lumotlar, jumladan, qo‘lga olingan ushbu teraktlar ijrochilarining ko‘rsatmalari bilan isbotlangan”, deydi Putin bugun, 10 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari bilan uchrashuvda. 

Uning eslatishicha, Rossiya vakillariga Boltiq dengizi tubi bo‘ylab o‘tadigan xalqaro gaz tashish tizimlari portlashlari va vayron bo‘lish sabablarini tekshirishga ruxsat berilmagan.  

“Ammo biz barchamiz bu jinoyatdan eng ko‘p foyda ko‘rgan odamni yaxshi bilamiz”, deydi Rossiya Prezidenti. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi o‘z harakatlari bilan haqiqatda o‘zini xalqaro terrorchi guruhlar, eng jirkanch guruhlar bilan bir darajaga qo‘ygan. 

“Bu kabi jinoyatlarni javobsiz qoldirishning iloji yo‘q”, deydi davlat rahbari. 

22 sentyabr kuni Rossiya Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati Turkiya va Yevropaga energiya yetkazib beruvchi gaz quvurida terakt sodir etilishining oldini olish haqida e’lon berdi. O‘shanda maxsus xizmat ular qanday ob’ekt haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan. Qayd etilishicha, hujum Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bo‘yicha Ukraina Xavfsizlik xizmati agenti tomonidan tayyorlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing