Putin kimga bo‘ysunishini aytdi

Olam

image_2021-06-30_18-51-02

Prezident Vladimir Putin Rossiya saylovchilariga bo‘ysunadi. Bu haqda Vladimir Vladimirovichning o‘zi bugun, 30 iyun kuni “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida mamlakat fuqarolari savollariga javob berayotib, ma’lum qildi.

Tadbir doirasida teleboshlovchi Prezident Putin kimga bo‘ysunadi, degan savolni o‘qib eshittirgan. Bunga davlat rahbari: “Rus xalqiga, saylovchilarga”, deya javob qaytargan. 

Putinning ta’kidlashicha, “odamlar saylov qutilari oldiga kelganda bu mahalliy, mintaqaviy yoki milliy miqyosda bo‘lsin, o‘zlari qaror qabul qiladi”.

“Albatta, bu vaziyatda, Prezident, davlat rahbari, unga ushbu yuksak ishonchni bergan odamlarga bo‘ysunadi”, deya xulosa qildi Vladimir Vladimirovich.

O‘z navbatida, Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyning jamoasi ushbu savol-javobga nisbatan “eng kulgili hazil”, deya munosabat bildirishga ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada so‘nggi prezidentlik saylovi 2018 yilda bo‘lib o‘tgan. Unda Vladimir Putin 67 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongan. Ushbu davlatda keyingi prezidentlik saylovi 2024 yilda bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Putin saylov

Baholaganlar

964

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing