Putin Xitoydagi rossiyaliklarni harbiy samolyotda olib kelishni buyurdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘iga asosan Xitoyda koronavirus epidemiyasi eng kup tarqalgan hududlardan rossiyaliklarni evakuatsiya qilish uchun Havo-kosmik kuchlariga tegishli bo‘lgan samolyotlar jalb etiladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Bugundan boshlab samolyotlar qatnovi boshlanadi.

Pekindagi Rossiya elchixonasi Xubey viloyatini zudlik bilan tark etmoqchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini tuzilishi haqida e’lon qildi. Evakuatsiya qilingan fuqarolar 14 kunlik karantinda bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bugungacha Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib, dunyoga tarqalgan 2019-nCoV virusidan 259 nafar odam halok bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha ushbu virus bilan kasallanganlar 11943 nafarga yetdi. Virus yuqtirganlarning asosiy qismi – 11791 nafari Xitoyda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin koronavirus

Baholaganlar

349

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing