Putin karantinni qanday o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning o‘zini izolyatsiya qilish jarayoni haqida ma’lumot berdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari hukumat a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib, kerakli hisobotlarni oladi va ba’zida deyarli kun bo‘yi ishlashda davom etadi. Peskovning aniqlik kiritishicha, Prezident kundalik hayot tarzini o‘zgartirmagan va uni o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ham yo‘q. 

Ta’kidlanishicha, Putin atrofidagi bir nechta odam COVID-19 bilan kasallangani sababli o‘zini izolyatsiya qilishga qaror qilgan. Biroq, davlat rahbarining o‘zida infeksiya alomatlari kuzatilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Putin koronavirusdan himoyalanish uchun o‘zini izolyatsiya qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Rossiya karantin

Baholaganlar

346

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing