Putin Kaliningrad blokadasi uchun “uka”si bilan birga javob qaytarmoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan Kaliningrad viloyatiga tranzit yo‘lini to‘sib qo‘ygan Litvaga birgalikda javob qaytarish yo‘llarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

“Litva tomonidan Kaliningrad viloyatiga yuklarni tranzit qilishda qo‘yilgan noqonuniy cheklovlar bilan bog‘liq vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, ba’zi mumkin bo‘lgan qo‘shma qadamlar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Kremlda ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari ham muhokama qilingan. Rossiya-Belarus sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlashga o‘zaro moyillik yana bir bor tasdiqlangan. Tomonlar yaqin aloqada bo‘lishga kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xatti-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.

Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing