Putin Qozondagi turnirning ochilishiga Lukashenkoni ham taklif qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoni ham Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimiga taklif qilgan. Bu haqda Lukashenkoning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Lukashenko allaqachon amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketgan. 

“Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Qozondagi "Kelajak o‘yinlari" yuqori texnologiyalar bo‘yicha xalqaro turnirning ochilish marosimida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21 fevral – 3 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir. Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham mazkur tadbirda qatnashish uchun Qozonga borishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Belarus' Aleksandr Lukashenko Qozon Kelajak o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing