Putin Qozog‘istonga keladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 9 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning matbuot xizmati xabar berdi.

“2023 yil 9 noyabr kuni davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Ostonaga keladi.Tashrif doirasida davlatlar rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ikki davlat o‘rtasida Qozog‘iston-Rossiya strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Prezidentlar videokonferensiya orqali Kostanayda bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi 19-mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi.

Qayd etish joizki, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi avvalgi Mintaqalararo hamkorlik forumi 2022 yilning noyabr oyida Orenburgda bo‘lib o‘tgan.

Biroq Rossiya tomoni hozircha Putinning Qozog‘istonga tashrifining aniq sanalarini rasman e’lon qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘istonga kelib ketgan edi. Bundan tashqari, Ostonada Turkiy Davlatlar Tashkilotining X yubiley sammiti bo‘lib o‘tgan, unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya va Turkmaniston yetakchilari qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing