Putin Qozog‘istonga keladi
Olam
−
15:21
3265Ertaga, 27 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Putinning Qozog‘istonga davlat tashrifi 27-28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va u tashrif davomida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi.
Shuningdek, davlat tashrifi doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
“Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini turli sohalarda, shu jumladan Qozog‘istonning joriy yilda KXSHTga, Rossiyaning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va BRICS’ga raisligini hisobga olgan holda yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi XX mintaqalararo hamkorlik forumi yalpi majlisi ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘istonga oxirgi tashrifi joriy yilning iyul oyida bo‘lgan edi. O‘shanda u Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga kelgandi.
LiveBarchasi
16:25