Putin Qodirovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin unga Aleksandr Nevskiy ordeni topshirganini aytdi. 

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan men yuksak mukofot – Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlandim. Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi kamtarona xizmatlarimga bunday baho berilishi men uchun katta sharafdir. Barchamiz uchun chinakam yo‘lboshchi, chinakam vatanparvarlikning yorqin namunasi bo‘lgan Oliy Bosh qo‘mondon qo‘lidan shunday salmoqli mukofot olganimdan cheksiz faxrlanaman”, deb yozdi Checheniston rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

U matnga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan tushgan suratni ilovaga qilgan. Qodirov uning xizmatlariga bergan yuksak bahosi uchun minnatdorlik bildirdi va olg‘a borishga ishontirdi. 

“Yana bir bor Prezidentimizga yuksak mukofot va ishonch uchun minnatdorlik bildiraman! Ishonchim komilki, bunday dono va uzoqni ko‘ra oladigan rahbar bilan biz har qanday qiyinchiliklarni yengishimiz mumkin, chunki uning siyosati birinchi navbatda Rossiyaning ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali xalqining farovonligiga qaratilgan”, deya qo‘shimcha qildi Checheniston rahbari.

Qodirov shu yilning iyul oyida Putinning farmoni bilan Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin taklifiga binoan Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlanganini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Vladimir Putin ushbu ordenni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga topshirgan edi. 

Ma’lumot uchun, Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofotlash tizimlarida (ma’lum o‘zgarishlar bilan) mavjud bo‘lgan yagona mukofotdir. Rossiya imperiyasida 1725-1917 yillarda Avliyo Aleksandr Nevskiy ordeni, SSSRda 1942-1991 yillarda Aleksandr Nevskiy ordeni mavjud edi. 1991 yilda Ittifoq qulagach, Rossiya Prezidenti SSSRdagi mukofotlash tizimini saqlab qolgan.

Aleksandr Nevskiy ordeni bilan davlat xizmatida lavozimlarni egallagan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari davlat qurilishida Vatan oldidagi alohida shaxsiy xizmatlari, ko‘p yillik vijdonan xizmati va xizmat vazifalarini bajarishda erishgan yuqori natijalari, Rossiyaning xalqaro nufuzini, mamlakatning mudofaa qobiliyatini va iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlashda, fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari iqtisodiyot, ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy va boshqa ijtimoiy foydali faoliyat turlida yuqori shaxsiy yutuqlari uchun mukofotlanadi.

Aleksandr Nevskiy ordeni bilan harbiy-tibbiyot tashkilotlari harbiy xizmatchilarni sog‘ligini saqlash sohasida erishgan yuksak yutuqlari uchun taqdirlanishi mumkin.

Bundan tashqari, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made