Putin “qizil” hududga borgani va koronavirusga topshirayotgan testlari haqida aytib berdi
Olam
−
28 iyun 2020
9414Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin har 3-4 kunda koronavirusga test topshiryapti. Hozircha ularning bari manfiy natija bergan. Bu haqda Putin “Moskva. Kreml. Putin” dasturi uchun bergan intervyusida aytib berdi.
Suhbat davomida Putin koronavirus bemorlari davolanayotgan Kommunarkadagi shifoxonaga borish haddan tashqari xavfli emasmidi degan savolga javob berdi.
“Yo‘q, men bunday o‘ylamayman. Nega u yerga bordim? Birinchidan, u yerda hammasi qanday tashkillashtirilganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istadim. Hisobotlardan bilish boshqa. Joyiga chiqib ko‘rish boshqa. Odatda men doim shunday qilganman. Har joyda. Nima bo‘lishidan qat’i nazar”, degan Putin.
Putin uni shifoxonaga borish fikridan qaytarishga urinishganini ham aytib o‘tgan.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada hozirgacha 633 542 kishida koronavirus aniqlangan. Ahamiyatlisi bemorlar soni ko‘pligiga qaramay ularning 9 060 nafari vafot etgan va 398 311 nafari sog‘aygan. Qator davlatlar Rossiya koronavirus qurbonlarini kamaytirib ko‘rsatayotganiga ishonyapti.
LiveBarchasi