Putin Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojarodan manfaat ko‘rishga harakat qilmoqda – “The Telegraph”

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojarodan manfaat ko‘rishga harakat qilmoqda. Xususan, Kreml tinchlikparvar sifatida obro‘ qozonish va Rossiyaning Yaqin Sharqdagi ta’sirini oshirish uchun o‘t ochishni to‘xtatishga erishmoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya armiyasining iste’fodagi polkovnigi Richard Kamp “The Telegraph” gazetasida e’lon qilgan maqolasida aytiladi.

"Dunyo bo‘ylab, ayniqsa Ukrainada katta miqdorda qon to‘kilishiga mas’ul bo‘lgan odam hozirda jahonda qirg‘inni to‘xtatish kerakligini iddao qilmoqda", deydi iste’fodagi polkovnik Richard Kamp.

Uning fikricha, Putinning mojaroga aralashuvi hech narsani o‘zgartirmaydi, chunki Rossiyaning kuchli jahon davlati sifatidagi obro‘siga Ukrainaga qarshi urush jiddiy putur yetkazgan.

Kampning qayd etishicha, Rossiya qo‘shinlari 18 oylik urushdan so‘ng og‘ir ahvolda qolmoqda va Ukraina Qurolli kuchlarining ishg‘ol ostidagi Lugansk va Berdyansk  aerodromlariga bergan ATACMS raketa zarbalari Kremlni tahqirlagan.

Sobiq polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari hozir Rossiyani “so‘nayotgan kuch” deb hisoblaydi.

"Agar ular bu inqirozni (Isroil-Falastin mojarosini – tahr.)Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonish vositasi sifatida ko‘rsa, bu quruq orzu", deya qayd etgan Kemp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil-Falastin mojarosiga to‘xtalib, “Falastin muammosi har bir musulmonning qalbida va adolatsizlik sifatida qabul qilinadi”, degan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin HAMAS Richard Kamp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing