Putin: Islom Karimov menga ismimni aytib, “sen” deb murojaat qilar edi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov buyuk davlat va siyosat arbobi edi. U nafaqat Markaziy osiyoda, balki dunyo hamjamiyatida katta obro‘-e’tiborga ega, o‘zining siyosiy qarashlari, kelajakni oldindan ko‘ra bilishi, xalqparvarligi va millatsevarligi, qolaversa, global muammolar ustida doimiy ravishda bosh qotirib, ularni yechish yo‘llarini qidirishi bilan nazarga tushgandi. 

Mintaqada katta hurmat qozongan Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ham iliq munosabatda bo‘lgan. Ular nafaqat siyosiy hamfikr, balki do‘st, og‘a-ini bo‘lgan. Bu haqda Vladimir Putinning xotiralari Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirildi. 

“Islom Abdug‘aniyevich buyuk davlat arbobi, o‘z mamlakatining haqiqiy yetakchisi edi. Zamonaviy o‘zbek davlatchiligi tarixining muhim bosqichlari aynan uning nomi bilan bog‘liqdir. Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda mintaqada ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tinchlikparvar siyosat olib bordi. 

Islom Karimov O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning xizmatlari ko‘lamini faqat vaqt o‘tgachgina to‘liq anglash mumkin, deb o‘ylayman. O‘zbekistonning yangi tarixida ro‘y bergan voqealarni turlicha baholash mumkin. Eng asosiysi, davlat rahbari mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni saqlab qoldi.

Ko‘p yillik qadrdonligimiz va hamkorlikdagi faoliyatimiz mobaynida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Islom Abdug‘aniyevich bilan o‘rtamizda iliq munosabat shakllandi. U menga xayrixoh munosabatda edi. Yoshi mendan kattaroq bo‘lgani bois Islom Abdug‘aniyevich kaminaga ismimni aytib, “sen” deb murojaat qilar edi. Bundan esa insoniy bir samimiyat va yaqinlikni his etar edim”, deydi Vladimir Putin o‘z xotiralarida. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 78 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Islom Karimov

Baholaganlar

681

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing