Putin Islom davlatlarini Rossiyaning “an’anaviy hamkorlari” deb atadi
Olam
−
29 avgust 2022
11177Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 27-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan Qozon global yoshlar sammiti ishtirokchilari va mehmonlariga tabrik yo‘lladi. Telegramma bugun, 29 avgust kuni Kreml saytida chop etildi.
“Islom dunyosi davlatlari mintaqaviy va global kun tartibidagi ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishda, yanada adolatli, demokratik dunyo tartibini barpo etishda bizning an’anaviy hamkorlarimizdir. Bunday konstruktiv ko‘p qirrali o‘zaro hamkorlikda yoshlarning tobora faol ishtirok etishi muhim”, deyiladi Putinning murojaatida.
Putin Qozon shahrining Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) yoshlar poytaxti etib saylanishi Rossiyaning ushbu xalqaro tuzilma bilan aloqalari yuqori darajada ekanligini tasdiqlaganini qayd etgan.
“Qozonga o‘nlab mamlakatlardan yuzlab delegatlar – turli jamoa va talabalar tashkilotlari, ekspert markazlari va yoshlar siyosatiga mas’ul davlat idoralari vakillari yetib keldi”, deydi u.
Putin delegatlar mazmunli munozaralar o‘tkazish, hamkorlikda ish olib borish uchun istiqbolli loyihalarni belgilash uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishiga, sammit Rossiya va islom mamlakatlari xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Qozon global yoshlar sammiti 27-30 avgust kunlari davom etadi.
LiveBarchasi