Putin Ilon Maskning loyihasiga raqobatchi texnologiyani ma’qulladi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Rossiya Fanlar akademiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti inson miyasiga mikrochiplarni kiritish texnologiyasini yaratish uchun yangi texnik dastur ishlab chiqdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu loyihani ma’qullagan va hukumat a’zolariga uni amalga oshirishni boshlashni buyurgan. Dastur 54 milliard rublni tashkil qilishi kutilmoqda. Shuningdek, u Ilon Maskning “Neuralink” startapi bilan raqobatlashishi aytilgan.

Ta’kidlanishicha, innovatsion dastur 2021–2029 yillarga mo‘ljallangan. Loyiha doirasida mutaxassislar neyrotizim texnologiyalarini rivojlantiradi. Jumladan, “odam-texnika” tizimini ishlab chiqaradi. Natijada inson samolyot, avtomobil va shu kabi texnikalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va masofadan turib boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, fevralda Ilon Mask “Neuralink” startapini ishga tushirgan. Loyiha doirasida maymun miyasiga chip o‘rnatilgan. Bu hayvonga fikrlash yordamida video o‘yinlarini o‘ynash imkonini bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq,  Shveysariyada ultrabinafsha nurlari yordamida barcha mikroblar bilan kurasha oladigan apparat ixtiro qilingani haqida habar bergan edik.

 

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Ilon Mask

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing