Putin fuqaro mudofaasi bo‘yicha yashirin yig‘ilish o‘tkazyapti
Olam
−
18 noyabr 2022
6976Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 18 noyabr kuni Kremlda Rossiya Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yuzma-yuz operativ uchrashuv o‘tkazdi.
"Bugun bizda rejalashtirilgan masala bor: Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro mudofaasini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishni taklif qilmoqda. Keling, ishni boshlaylik", deydi davlat rahbari tadbir avvalida.
Majlis yopiq eshiklar ortida davom ettirilgan.
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida fuqarolik mudofaasi aholini, moddiy va madaniy boyliklarni harbiy mojarolar oqibatida tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan xavflardan, shuningdek favqulodda vaziyatlarda himoya qilish va himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi sifatida belgilanadi.
Yig‘ilishda Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko va Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari Vladimir Kolokolsev, Sergey Lavrov va Sergey Shoygu, Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin va Prezidentning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov ishtirok etgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ayni damda Bakuda bo‘lgani uchun yig‘ilishda qatnashmagan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15