Putin ertaga Turkiyaga boradi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vlamir Putin Turkiyaga boradi. Tashrif ertaga, 8 yanvar kuniga rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahrida barpo etilgan “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etadilar. 

Mazkur gaz quvuri orqali Rossiya gazi Yevropaga yetkazib beriladi. Ushbu loyiha ikki liniyadan iborat bo‘lib, ularning har biri 15,75 milliard kubometr tabiiy gazni tashishga qodir. 

Shuningdek, Putinning tashrifi doirasida ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya-Turkiya munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro ahamiyatga molik muammolar, jumladan Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Turkiya Parlamenti Liviyaga harbiylar jo‘natishni ma’qullovchi qonunni imzoladi va Prezident Erdo‘g‘an Liviyaga harbiylarni kiritish boshlanganini ma’lum qildi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing